Madridning «Atletiko» klubi hujumchi Xulian Alvaresni yozgi transfer oynasida sotib yuborish masalasini birinchi marta jiddiy ko‘rib chiqadi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, bu qarorga klubning moliyaviy tuzilmasiga aloqador bo‘lgan Apollo investitsiya fondining pozitsiyasi ta’sir ko‘rsatgan.
Tashkilotda takliflarni eshitib ko‘rish kerak, deb hisoblamoqda. Argentinlik futbolchi uchun «Arsenal»ning takliflari eng mos variant sifatida qaralmoqda.
Shuningdek, «Barselona» klubi ham Alvaresga asosiy da’vogar bo‘lib qolmoqda. Kataloniyaliklar jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng hujumchini sotib olishga yana bir bor urinib ko‘rishadi. Ta’kidlanishicha, transfer narxi 100 mln yevrodan oshadi.