Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Neymar jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng oilasi bilan AQShda qolgan. Bu haqda Globo nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 34 yoshli futbolchi «Santos» ixtiyoriga qaytish bo'yicha jamoa rahbariyati bilan kelishmagan. Futbolchi kamida 10 kun davomida oilasi bilan ta'tilda qolishi kutilmoqda.
Manbaga ko'ra, «Santos» klubi Neymarning vakillari bilan muzokaralar o'tkazish niyatida, biroq uchrashuv sanasi hali aniqlanmagan. Klubda Neymar Braziliya milliy jamoasining turnirdan chiqib ketganidan so'ng o'ziga kelib olishini kutishmoqda.
Qayd etilishicha, bu mundial uning uchun jahon chempionatlaridagi faoliyatidagi so'nggisi bo'ldi.
Avvalroq futbolchining otasi ijtimoiy tarmoqlarda o'g'lini faoliyatini yakunlamaslikka chaqirgandi.
Braziliya 1/8 finalda Norvegiyaga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi. Neymar turnirda ikkita o'yin o'tkazib, bitta gol urdi.