Oʻzbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov raisligida Ijroiya qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston futzal federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda 2026/2027 yilgi mavsum oldidan amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari koʻrib chiqildi. Shuningdek, XXX milliy chempionati — Oliy ligada ishtirok etuvchi klublar roʻyxati tasdiqlandi.
Yangi mavsumda Oliy ligada 12 ta jamoa ishtirok etishi belgilandi. 10 iyuldan yangi mavsum uchun transfer oynasi ochiladi. 2 sentabr kuni Oʻzbekiston Superkubogi uchrashuvi rasmiy boshlanadi. Unda Oʻzbekiston chempioni va kubogi finalchisi oʻzaro bellashadi.
Oliy liga oʻyinlari esa sentabr oyining birinchi haftasida rasmiy start olishi rejalashtirilgan.
Birinchi liga bahslari esa 2026 yilning dekabr oyidan start olishi kutilmoqda.