Madridning «Real» klubi yarimhimoyachi Jud Bellinghem bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, «qaymoqranglilar» angliyalik 23 yoshli futbolchiga jahon chempionatidan so'ng yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqchi.
Ta'kidlanishicha, «Real» Bellinghemning maoshini yiliga 18,2 milliondan 24,3 million yevrogacha oshirishga tayyor. Bu angliyalik futbolchini «Real»ning eng yuqori maosh oluvchi o'yinchilaridan biriga aylantiradi.
O'tgan mavsumda Jud barcha turnirlarni hisobga olganda 40 ta uchrashuvda ishtirok etib, sakkizta gol urdi va beshta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Futbolchining «Real» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi