"Manchester Yunayted" klubi "Real" va Fransiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Orelien Chuameniga besh yillik shartnoma taklif qildi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, ingliz klubi 25 yoshli futbolchiga moliyaviy jihatdan jozibador shartlarni taklif etgan. Biroq insayderlar ta'kidlashicha, Chuamenining o'zi hozircha "Real"ni tark etish niyatida emas.
Orelie o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 70 million yevro deb baholagan.
Futbolchi hozirda Fransiya milliy jamoasi bilan jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Ammo jarohat sabab chorakfinalda Marokashga qarshi o'ynamaydi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi