Madridning "Real" klubi himoyachisi Fran Garsiya yaqin vaqt ichida "Betis" futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda jurnalist Samuel Silva xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, so'nggi soatlarda tomonlar muzokaralarda sezilarli darajada ilgari lagan. Bunga 26 yoshli futbolchining o'zi "Real" rahbariyatidan uni "Betis"ga qo'yib yuborishni so'ragani turtki bo'lgan.
Hozirda klublar transferning so'nggi tafsilotlarini kelishib olmoqda.
Ma'lumot uchun, Garsiya "Real" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o'tgan mavsum barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi.
Himoyachining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 10 million yevro deb baholamoqda.