Transfermarkt bilan hamkorlikda o'tkaziladigan Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan Golden Boy mukofoti rasmiy sayti 2026 yilgi sovrin uchun eng asosiy 100 nafar nomzod reytingini yangiladi.
Top-10 da'vogar:
1. Lamin Yamal («Barselona»).
2. Uorren Zair-Emery («PSJ»);
3. Pau Kubarsi («Barselona»);
4. Yan Diomand («Leyptsig»);
5. Ayub Buaadi («Lill»);
6. Estevao Villian («Chelsi»);
7. Viktor Froholdt («Portu»);
8. Lenart Karl («Bavariya»);
9. Endrik («Real»);
10. Rayan («Bornmut»).
Eslatib o'tamiz, 2025 yilgi Golden Boy mukofoti sohibi «PSJ» hujumchisi Dezire Due bo'lgan edi.
Yangi reytingda Yamal birinchi o'rinni egallab turgan bo'lsa-da, avvalroq ushbu mukofotni qo'lga kiritgani sababli nizomga ko'ra 2026 yilgi sovrin uchun hisobga olinmaydi. Shu bois amaldagi asosiy favoritlar sifatida Zair-Emery va Kubarsi ko'rilmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi