Madridning «Atletiko» klubi sobiq sardori Gabi Fernandes yana jamoaga qaytmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Gabi yangi mavsumdan boshlab bosh murabbiy Diyego Simeonening yordamchisi sifatida faoliyat olib boradi. U sakkiz yillik faoliyatidan so'ng klubni tark etayotgan Nelson Vivasning o'rnini egallaydi.
Gabi «Atletiko» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Madrid klubi safida 2004–2007 hamda 2011–2018 yillar oralig'ida to'p tepgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, ikki mavsum Qatarning «Al-Sadd» klubida o'ynab, 2020 yilda butsalarini mixga ilgan.
Shundan so'ng u murabbiylik faoliyatini boshladi. Gabi «Xetafe» yoshlar jamoasi hamda «Real Saragosa» tizimida ishlashga ulgurdi.