Bugun
14
O'zbek

Merino Portugaliyaga qarshi bahsda g‘alaba golini urishini avvaldan bilgan

Futbol
7 iyul, 08:36
Ispaniya milliy jamoasi va «Arsenal» klubi kiperi yarimhimoyachi g‘alaba golini avvaldan aytganini ta’kidladi.
Merino Portugaliyaga qarshi bahsda g‘alaba golini urishini avvaldan bilgan
Foto: Getty Images
06.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 0 : 1 Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi va «Arsenal» klubi kiperi David Rayya yarimhimoyachi Mikel Merino bilan jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi Portugaliyaga qarshi (1:0) o‘yin vaqtidagi suhbatini ochiqladi.

Eslatib o‘tamiz, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Merino bahsning asosiy vaqtiga qo‘shilgan daqiqada g‘alaba golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

«Zaxira o‘rindig‘ida Mikel bilan yonma-yon o‘tirgandik. Bir vaqt u menga qarab: «Bilasanmi, ich-ichimdan sezyapman, hozir maydonga tushaman-da, biz «Arsenal» doim urganimiz kabi so‘nggi daqiqalardagi muhim golga mualliflik qilaman». O‘yin yakunlangach, undan so‘radim: «Sen o‘shanda jiddiy gapirganmiding?» U kulib yubordi va dedi: «Qo‘ysang-chi, David, biz «Arsenal»da buni har kuni qilamiz. Men klub mentalitetini his qilgandim». Unga javoban kulib qo‘ydim, axir final hushtagigacha muvaffaqiyat qozonishimizga ishonamiz», — dedi Rayya o‘yindan keyingi intervyuda.

Ma’lumot uchun, JCH-2026 chorakfinalida Ispaniya Belgiyaga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar