Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Erling Holand transferiga faqat ma'lum bir shart bajarilgan taqdirdagina rozilik berishga tayyor. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis «Manchester Siti» hujumchisini jamoa uchun katta kuchayish deb hisoblaydi. Biroq transfer faqat hujum chizig'idagi yetakchi futbolchilardan biri klubni tark etgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin. Mourinyo jamoa ichidagi muvozanat saqlanib qolishini muhim omil sifatida ko'rmoqda.
Qayd etilishicha, agar «Real» Holandni sotib olishga qaror qilsa, transferga qo'yilishi mumkin bo'lgan asosiy nomzod Vinisius Junior bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Erling Holand 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 52 ta bahsda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi.