Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Jahon chempionati 1/8 finalida Portugaliya ustidan qozonilgan g'alabadan (1:0) so'ng Rodri Ernandesning o'yiniga yuqori baho berdi.
«Rodri jamoamizning asosiy harakatlantiruvchi kuchi. U bizga muvozanat baxsh etadi va o'z pozitsiyasida dunyoning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. Uning ortida esa Martin Subimendi bor. Menimcha, u ham o'z pozitsiyasida dunyoning ikkinchi eng yaxshi futbolchisi», — deya de la Fuentening so'zlarini Voetbal International nashri keltirdi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya milliy jamoasi Portugaliyani 1:0 hisobida mag'lub etib, Jahon chempionatining chorakfinal bosqichiga yo'l oldi.
30 yoshli Rodri ushbu turnirda Ispaniya safida barcha besh bahsda maydonga tushdi. Yarimhimoyachi hozircha gol yoki golli uzatma muallifiga aylanmagan.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi