Bugun
14
O'zbek

Kukurelya: «Ronalduni erkin harakat qilishiga yo'l qo'ymadik»

Futbol
7 iyul, 07:45
Ispaniya himoyachisi Portugaliya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng jamoasi o'yiniga baho berdi.
Kukurelya: «Ronalduni erkin harakat qilishiga yo'l qo'ymadik»
Foto: Getty Images
06.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 0 : 1 Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya Jahon chempionati 1/8 finalida Portugaliya ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Jamoamiz yaxshi o'yin namoyish etdi va vazifani uddaladi. Ronalduning maydonda o'zini erkin his qilishiga yo'l qo'ymadik. Shunga qaramay, u baribir darvozamiz oldida bir necha xavfli vaziyat yaratishga muvaffaq bo'ldi», — deya Kukurelyaning so'zlarini AS nashri keltirdi.

Eslatib o'tamiz, ushbu bahsdagi yagona golga Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Mikel Merino mualliflik qildi.

Mazkur g'alabadan so'ng Ispaniya Jahon chempionati chorakfinaliga yo'l oldi. Luis de la Fuente shogirdlari ushbu bosqichda Belgiya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh +9 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar