Bugun
14
O'zbek

Dibala «Roma» bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi

Futbol
7 iyul, 08:56
Argentinalik hujumchi maoshini kamaytirishga rozi bo'lib, klubda qolishga qaror qildi.
Dibala «Roma» bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

«Roma» hujumchisi Paulo Dibala klub bilan yangi shartnoma bo'yicha barcha masalalarda kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi yangi bitim yuzasidan hech qanday muammo bo'lmagan. Argentinalik futbolchi Chempionlar ligasida ishtirok etish uchun maoshining kamaytirilishiga ham rozi bo'lgan va faoliyatini Rim klubida davom ettirishga qaror qilgan.

Shu tariqa, Dibalaning «Roma»ni tark etishi haqidagi mish-mishlarga barham berildi.

Eslatib o'tamiz, Paulo Dibala 2022 yildan buyon «Roma» safida to'p tepib kelmoqda. Argentinlik hujumchi bu davr mobaynida jamoaning asosiy yetakchilaridan biriga aylangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
Bugungi yangiliklar