Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres Erling Holand transferi imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Defensa Central nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, «qirollik klubi» norvegiyalik hujumchini faqat Vinisius Junior jamoani tark etgan taqdirdagina o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Agar madridliklar yaqin vaqt ichida braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga erisha olmasa, uni ushbu yozning o'zida transferga qo'yishi mumkin. Shundan so'ng «Real» Xolandni sotib olishga harakat qiladi.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli Erling Holandning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portaliga ko'ra, hujumchining transfer qiymati 200 million yevroni tashkil etadi.