«Inter»ning sobiq darvozaboni va Sloveniya milliy jamoasining sobiq posboni Samir Xandanovich Milan klubi bilan xayrlashayotganini e'lon qildi.
Bu haqda u o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma'lum qildi.
«Faoliyatimni hech qachon raqamlar bilan baholashni yoqtirmaganman. Ammo 14 yillik yo'lim nihoyasiga yetayotgan bir paytda ortga nazar tashlamaslikning iloji yo'q. «Inter» men uchun shunchaki klub emas, balki uyim va taqdirimda chuqur iz qoldirgan insonlar edi. Muhim bob yakunlanmoqda, ammo xotiralar, saboqlar va minnatdorlik tuyg'usi men bilan qoladi», — dedi Handanovich.
Eslatib o'tamiz, sloveniyalik mutaxassis futbolchilik faoliyatini yakunlagach, «Inter» yoshlar jamoasida murabbiy sifatida ishlayotgandi.
Handanovich 2012 yilda «Udineze»dan 15 million yevro evaziga «Inter»ga ko'chib o'tgan va 11 yil davomida Milan klubi safida to'p tepgan. U jamoa sardori sifatida ham faoliyat olib borgan.