JCH-2026 1/8 final doirasidagi Portugaliya - Ispaniya (0:1) o‘yini so‘nggi daqiqalarida portugaliyaliklar hisobni tenglashtirishga urinayotganda, Fransishku Konseysau o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi ichidagi Bernardu Silvaga yo‘lladi. Madridning «Real» klubining yangi a’zosi kurashda ustun keldi, ammo uning bosh bilan zarbasidan keyin to‘p darvoza ustuni yuqorisidan o‘tib ketdi.
Shundan so‘ng, «Manchester Siti» futbolchisi ushbu holat borasidagi quvonchini yashirib o‘tirmadi va sobiq jamoadoshi oldida nishonladi, bu esa portugaliyalikni g‘azablantirdi.
Matbuot anjumanida Rodri shunday dedi:
«U vaziyatni qo‘ldan chiqarganidan keyin nishonlashim noto‘g‘ri harakat bo‘ldi. Bu mening aybim. Men undan darhol uzr so‘radim».
Eslatib o‘tamiz, har ikki o‘yinchi 2019-yildan 2026-yilgacha ingliz klubi sharafini himoya qilgan.