Live
5
O'zbek

Rasman: Insinye – «Sampdoriya» futbolchisi

Futbol
7 iyul, 10:57
35 yoshli hujumchi Genuya klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Rasman: Insinye – «Sampdoriya» futbolchisi
Foto: Getty Images

«Sampdoriya» Lorenso Insinyening transferini rasman e'lon qildi.

35 yoshli futbolchi Genuya klubi bilan bir yilga mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Kelishuvda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko'zda tutilgan.

Yevro-2020 g'olibi bo'lgan Insinye yangi mavsumda «Sampdoriya»ga Italiya futbolining oliy divizioniga qaytish yo'lida yordam berishga harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, yangi mavsumdan Italiya B Seriyasi bahslari sentabr oyida start oladi. «Sampdoriya» o'tgan mavsumda ikkinchi diviziondagi o'rnini saqlab qolish uchun ham jiddiy kurash olib borgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sampdoria Sampdoria
Bugungi yangiliklar