«Fiorentina» «Udineze» yarimhimoyachisi Artur Atta transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.
Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, klublar o'rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan. Transfer summasi 30 million yevro, qo'shimcha bonuslar va futbolchining keyingi sotuvidan foiz olish bandini o'z ichiga oladi.
Qayd etilishicha, kelishuv «Udineze» prezidenti Jampaolo Potso hamda «Fiorentina» sport direktori Fabio Paratichi ishtirokida yakunlangan.
Romano ta'kidlashicha, Artur Atta ayni paytda Florensiyaga yo'l olgan. U tibbiy ko'rikdan o'tgach, «Fiorentina» bilan shartnoma imzolaydi.
Shuningdek, manbaga ko'ra, avval tarqalgan xabarlarga qaramay, futbolchi transferi yuzasidan na «Milan», na «Inter» bilan muzokaralar olib borilgan.