«Arsenal» yarimhimoyachisi Mikel Merino London klubidagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
«Men «Arsenal»da juda baxtliman va klubni tark etishni rejalashtirmayapman. Bu yerda o'zimni katta oilaning bir qismi sifatida his qilaman», — deya Merinoning so'zlarini COPE nashri keltirdi.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik yarimhimoyachi 2024 yilda «Real Sosyedad»dan 32 million yevro evaziga «Arsenal» safiga kelib qo'shilgan.
Uning London klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
2025/26 yilgi mavsumda Merino barcha musobaqalarda 34 ta bahsda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchini 25 million yevroga baholamoqda.