«Manchester Yunayted» 100 ming o'rinli yangi stadioni quriladigan hududni rasman tasdiqladi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi arena «Old Trafford» stadionidan shimoli-g'arb tomonda, taxminan 350 metr uzoqlikda quriladi.
Loyiha doirasida stadion atrofida 15 mingga yaqin yangi turar joy, maktablar, shifoxonalar hamda barcha asosiy transport turlarini qamrab oladigan zamonaviy infratuzilma barpo etilishi rejalashtirilgan.
Klub vakillarining ta'kidlashicha, yangi stadionning «Old Trafford»ga yaqin joyda qurilishi muxlislar uchun an'anaviy muhit va klub qadriyatlarini saqlab qolishga xizmat qiladi.
Eslatib o'tamiz, afsonaviy «Old Trafford» stadionining keyingi taqdiri borasida hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan. Bu masala keyinroq ko'rib chiqiladi.