«Arsenal» Ilan Melye transferini rasman e'lon qildi.
Fransiyalik darvozabon London klubiga erkin agent maqomida kelib qo'shildi. U bungacha yetti yil davomida «Lids Yunayted» safida to'p tepgan.
Qayd etish joiz, Melye 2025/26 yilgi mavsumda «Lids»ning asosiy jamoasi safida birorta ham rasmiy bahsda maydonga tushmagan.
Shu tariqa, «Arsenal» tajribali posbonlar rotatsiyasini kuchaytirish maqsadida o'z tarkibiga yana bir darvozabonni qo'shib oldi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi