«Arsenal» yaqin kunlarda «Bryugge» vingeri Xristos Tsolis transferini yakunlashi mumkin. Bu haqda Talking Highbury xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli grekiyalik futbolchi uchun transfer summasi 41 million yevroni tashkil etadi.
Qayd etilishicha, «Arsenal» Tsolisni tarkibdagi raqobatni kuchaytirish va zaxira o'rindig'ini mustahkamlash maqsadida xarid qilmoqda. Hozircha u asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko'rilmayapti.
2025/26 yilgi mavsumda Tsolis barcha musobaqalarda 52 ta bahsda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 29 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o'tamiz, grekiyalik vinger avval ham Angliyada to'p tepgan. U 2021–2024 yillar oralig'ida «Norvich» klubiga tegishli bo'lgan.