Live
6
O'zbek

«Manchester Yunayted» Aleks Skott transferiga shubha bilan qaramoqda

Futbol
9 iyul, 11:00
Klub «Bornmut» yarimhimoyachisi uchun katta mablag' sarflashga tayyor emas.
«Manchester Yunayted» Aleks Skott transferiga shubha bilan qaramoqda
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» «Bornmut» yarimhimoyachisi Aleks Skott transferi borasida hali yakuniy qarorga kelgani yo'q. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manbaga ko'ra, «qizil iblislar» 22 yoshli yarimhimoyachi uchun kurashishni davom ettirish yoki yo'qligini hal qilmagan. Klub rahbariyati transferning umumiy qiymatini juda yuqori deb hisoblamoqda va shu sababli boshqa variantlarni ham o'rganishda davom etmoqda.

Avvalroq Aleks Skott transferi «Manchester Yunayted»ga taxminan 93,6 million yevroga tushishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

2025/26 yilgi mavsumda ingliz yarimhimoyachisi barcha musobaqalarda 39 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Bornmut Bornmut
Bugungi yangiliklar