«Monako» yarimhimoyachi Pol Pogba bilan yozgi transfer oynasidayoq xayrlashish ehtimolini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda GFFN xabar berdi.
Doping sababli uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilingan fransiyalik futbolchi o'tgan mavsumda atigi 6 ta bahsda maydonga tushib, jami 115 daqiqa harakat qildi.
«Monako» bosh direktori Tyago Skuro Pogbaning kelajagi uning jismoniy va texnik holati baholangandan so'ng hal qilinishini aytdi.
«Bu murakkab masala, chunki biz Polni juda hurmat qilamiz. U klubga kelgan ilk kundan boshlab ijobiy munosabatda bo'ldi. Ammo mavsum biz kutgandek o'tmadi. Yozda hamkorlikni boshlaganimizda umidlar mutlaqo boshqacha edi.
Biz unga nisbatan adolatli bo'lishimiz kerak. Har hafta uning tayyorgarligini, jismoniy va texnik rivojlanishini kuzatamiz. Shundan keyin yakuniy qarorni bosh murabbiy qabul qiladi. Yoz davomida Pogbaning qaysi darajada ekanini ko'ramiz. Balki u qoladi, balki ketadi», — dedi Skuro.
Eslatib o'tamiz, Pol Pogba «Monako»ga o'tishidan avval «Yuventus» va «Manchester Yunayted» safida to'p tepgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi