Bugun, 9 iyul kuni JCH-2026 chorakfinalida Fransiya va Marokash milliy jamoalari o'zaro bahs olib boradi.
Ushbu o'yin oldidan Fransiya milliy jamoasining uch nafar futbolchisi diskvalifikatsiya xavfi ostida turibdi.
Gap tayanch yarimhimoyachi Manu Kone hamda vingerlar Maykl Olise va Bredli Barkola haqida ketmoqda. Agar ular Marokashga qarshi bahsda sariq kartochka olsa, ehtimoliy yarimfinalni o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, Fransiya — Marokash bahsi bugun, 9 iyul kuni bo'lib o'tadi. Bellashuvni argentinalik hakam Fakundo Tello boshqarib boradi.