Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham 2026 yildagi jahon chempionati chorakfinal bosqichi doirasidagi Marokashga qarshi o‘yin uchun argentinalik hakamlar brigadasi tayinlanganiga munosabat bildirdi.
Uchrashuvni argentinalik hakam Fakundo Telio boshqaradi, uning yordamchilari ham Argentina vakillari bo‘ladi. Bu qaror muhokamalarga sabab bo‘ldi, chunki Fransiya finalga chiqqan taqdirda Argentinaga qarshi o‘ynashi mumkin.
«Biz buni boricha qabul qilishimiz kerak. Men hakamlarga ishonaman. Bizning raqibimiz hakamlar emas, Marokash.
Umid qilamizki, bizning o‘yinimizdagi hakamlar ham janob Leteksiye kabi yaxshi ishlashadi», — dedi Desham.
Ma'lumot o‘rnida, Fransiya — Marokash uchrashuvi 8 iyuldan 9 iyulga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.