Bugun
28
O'zbek

Neymar futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin — manba

Futbol
9 iyul, 00:50
Avvalroq futbolchi Braziliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlagandi.
Neymar futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin — manba
Foto: Getty Images

Braziliyalik vinger Neymar shu yil oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda UOL xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, "Barselona" va "PSJ" sobiq futbolchisi futboldan charchagan. Shuningdek, u Braziliya milliy jamoasidagi xizmatlari yetarlicha qadrlanmayotganidan norozi.

Neymar o'z kelajagi bo'yicha yakuniy qarorni AQShda oilasi bilan o'tkazadigan ta'tili davomida qabul qiladi. Hujumchining amaldagi klubi "Santos" bilan shartnomasi esa shu yil dekabr oyi oxirida yakuniga yetadi.

Avvalroq Neymar Braziliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar