Bugun
10
O'zbek

Anchelotti Braziliya milliy jamoasida qoladi – Romano

Futbol
8 iyul, 07:56
Italiyalik mutaxassis o'z lavozimida qolib, ishini davom ettiradi.
Anchelotti Braziliya milliy jamoasida qoladi – Romano
Фото: Getty Images

Braziliya futbol konfederatsiyasi 2026 yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokka qaramay, Karlo Anchelottiga ishonch bildirishda davom etadi. Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, mamlakat futboli rahbarlari italiyalik mutaxassisni bosh murabbiy lavozimida saqlab qolishga qaror qilgan. Tomonlar amaldagi shartnoma asosida hamkorlikni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishgan.

Xabar qilinishicha, aynan Anchelotti Braziliya milliy jamoasini qayta qurish jarayoniga rahbarlik qiladi. Jamoani 2030 yilgi jahon chempionatiga tayyorlash vazifasini bajaradi.

Eslatib o'tamiz, Braziliya 2026 yilgi jahon chempionatida 1/8 finalgacha yetib bordi. Biroq ushbu bosqichda Norvegiyaga (1:2) mag'lub bo'ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar