Aleksandr Nyubel "Beshiktosh" futbolchisiga aylandi.
Turkiya klubi "Bavariya" darvozabonining transferini e'lon qildi. Tomonlar 3 yillik shartnoma imzolashdi.
Avvalroq transfer qiymati 6,5 million yevroni tashkil etishi xabar qilingan edi. Shuningdek, yana 5,5 million yevro bonuslar bor.
29 yoshli Nyubel so'nggi uch mavsumni "Shtutgart"da ijarada o'tkazgandi. U o'tgan mavsumda Bundesligada 34 ta bahsda maydonga tushib, ularning 11 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
"Bavariya" Nyubelnini "Beshiktosh"ga sotdi
Futbol
8 iyul, 18:00
29 yoshli posbon faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.
Foto: Besiktas JK