Bugun
10
O'zbek

"Brentford" "Byornli" vingerini o'z safiga qo'shib oldi

Futbol
8 iyul, 18:20
Entoni yangi mavsumni ham APLda o'tkazadi.
"Brentford" "Byornli" vingerini o'z safiga qo'shib oldi
Foto: Brentford

Jeydon Entoni yangi mavsumni ham Premyer-ligada o'tkazadi.

"Brentford" 26 yoshli vingerni "Byornli"dan sotib oldi. Transfer qiymati 17 million funtni tashkil qildi. Yana 5 million funt bonuslar bor.

Angliyalik futbolchi o'tgan mavsumda APLda 37 o'yinda 8 ta gol va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan, ammo "Byornli" yakunda Chempionshipga ravona bo'lgandi.

Entoni faoliyati davomida "Bornmut" va "Lids" klublarida ham harakat qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Brentford Brentford
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar