Tayrik Jorj to‘liq "Everton" futbolchisi bo‘ldi.
Mersisayd klubi 20 yoshli hujumchini "Chelsi"dan 18 million funtga sotib oldi. Yana 6 million funt bonuslar bor.
Angliyalik futbolchi "irislar" bilan 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Jorj o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini "Everton"da ijarada o‘tkazgandi. Hujumchi yakunlangan mavsumda APLda 11 ta o‘yinda maydonga tushgan.
"Everton" "Chelsi" hujumchisini sotib oldi
Futbol
8 iyul, 13:10
20 yoshli Jorj faoliyatini mersisaydliklar safida davom ettiradi.
Foto: Everton