Lorenso Insinie "Sampdoriya"ga o'tdi.
Genuya klubi "Napoli"ning sobiq vingeri transferini e'lon qildi. 35 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2027 yil iyun oyiga qadar amal qiladigan bir yillik shartnoma imzoladi.
Insinie shu yilning yanvar oyidan beri o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra B seriyada oxirgi o'rinni egallagan "Peskara" safida to'p tepayotgan edi. U autsayder jamoa tarkibida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, italiyalik hujumkor o'yinchi 2021 yili milliy jamoa bilan Yevro-2020ni yutgan.
Insinie "Sampdoriya"ga o'tdi
Futbol
8 iyul, 18:35
"Napoli" sobiq vingeri B Seriyadagi faoliyatini davom ettiradi.
Foto: Getty Images