"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martinez "Yuventus"ga o'tishga rozilik bildirdi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Turin klubi vakillari argentinalik posbonning agentlari bilan uchrashuv o'tkazib, shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishdi. Futbolchining o'zi ham Italiya klubiga o'tish istagini bildirgan.
Endi "Yuventus" "Aston Villa" bilan ehtimoliy transfer shartlarini kelishib olishi kerak. Shu bilan birga, "zebralar" hali ham "Tottenhem" darvozaboni Gilermo Vikario variantidan voz kechmagani ta'kidlanmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Emiliano o'tgan mavsum APLda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 39 ta gol o'tkazib yuborgan. Avvalroq "Yuventus" "Roma" darvozaboniga qiziqish bildirayotgani ma'lum qilingandi.