Bugun
28
O'zbek

Rasman: Meksika Agirre bilan xayrlashib, uning o'rniga Markesni tayinladi

Futbol
8 iyul, 23:00
47 yoshli mutaxassis bilan 2030 yilgacha amal qiladigan shartnomaga imzo chekildi.
Rasman: Meksika Agirre bilan xayrlashib, uning o'rniga Markesni tayinladi
Foto: Mexican National Team

Meksika milliy jamoasi bosh murabbiy Xaviyer Agirre bilan xayrlashdi va uning o'rniga sobiq futbolchi Rafael Markesni tayinladi.

47 yoshli mutaxassis bilan 2030 yilgacha amal qiladigan shartnomaga imzo chekildi. Bungacha Markes Agirrening shtabida yordamchi murabbiy sifatida ham faoliyat olib borgan.

«Uzoq muddatli va bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan loyihaning yangi sahifasi ochilmoqda. Rafa, bugun milliy jamoamiz uchun sen bilan birga yangi bosqich boshlanadi», — deyiladi xabarda.

Ma'lumot o'rnida, Meksika milliy jamoasi mundialning chorakfinal bosqichida Angliyaga 2:3 hisobida mag'lub bo'lib, turnirni tark etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Meksika Meksika
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar