Angliyalik hujumchi Markus Reshford «Manchester United» ixtiyoriga qaytadi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, futbolchi yangi mavsumni «qizil iblislar»da boshlaydi va Maykl Karrik qo'l ostida o'zini ko'rsatish uchun imkoniyatga ega bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Reshfordning o'zi «Barselona»da qolishni istagandi, biroq kataloniyaliklar klubi ijara muddati yakunlangach, uni sotib olishdan bosh tortdi.
Reshford — «qizil iblislar» tarbiyalanuvchisi. U umumiy hisobda asosiy jamoa tarkibida 426 ta o'yin o'tkazib, 138 ta gol urg'an va 79 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi