Bugun
28
O'zbek

Oyarsabal: «Ha, «Barselona»ga ham rad javobini berish mumkin»

Futbol
9 iyul, 04:57
«Real Sosyedad» hujumchisi Kataloniya klubiga o'tish haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
Oyarsabal: «Ha, «Barselona»ga ham rad javobini berish mumkin»
Foto: Getty Images

«Real Sosyedad» hujumchisi Mikel Oyarsabal «Barselona»ga o'tish ehtimoli haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Avvalroq OAVda Kataloniya klubi ispaniyalik hujumchini o'z safiga qo'shib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

«Barselona»ga «yo'q» desa bo'ladimi? Ha, albatta bo'ladi. Menimcha, buning iloji bor. Axir bunga qadar ham ularga rad javobini bergan futbolchilar bo'lgan», — deya Oyarsabalning so'zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirdi.

Eslatib o'tamiz, Mikel Oyarsabal «Real Sosyedad» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

29 yoshli hujumchi 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 40 ta bahsda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchini 25 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya Ispaniya
Bugungi yangiliklar