Bugun
28
O'zbek

«Chelsi» Jessi Derri bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
9 iyul, 05:10
Yosh yarimhimoyachi London klubi bilan 2032 yilgacha bitim imzoladi.
«Chelsi» Jessi Derri bilan shartnomani uzaytirdi
Foto: Getty Images

«Chelsi» yarimhimoyachi Jessi Derri bilan shartnoma uzaytirilganini rasman e'lon qildi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kelishuvga ko'ra, yosh futbolchining shartnomasi 2032 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

«Faoliyatimni «Chelsi» kabi buyuk klub bilan bog'lash — ushalgan orzu. Meni oldinda nimalar kutayotganidan juda hayajondaman. So'nggi 12 oy ichida «Chelsi»ga ilk kelgan paytimdagidan mutlaqo boshqa futbolchiga aylandim. Bunda birga ishlagan barcha murabbiylarning hissasi katta. O'tgan mavsum asosiy jamoada debyut qilganimdan so'ng faoliyatimni boshqa joyda davom ettirishni tasavvur ham qila olmayman», — dedi Derri.

Eslatib o'tamiz, Jessi Derri 2025 yilning yozida «Kristal Pelas»dan «Chelsi» safiga kelib qo'shilgan. U joriy yilning fevral oyida Angliya kubogida «Hall Siti»ga qarshi bahsda asosiy jamoa safidagi debyutini o'tkazgan.

Shuningdek, futbolchi may oyida «Nottinghem Forest»ga qarshi o'yinda jiddiy jarohat olib, maydonda hushini yo'qotgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar