Bugun
28
O'zbek

«Buxoro» Islomjon Baratov transferini e'lon qildi

Futbol
9 iyul, 03:35
Buxoroliklar mavsumning ikkinchi qismi boshlanishi oldidan navbatdagi transferni amalga oshirdi.
«Buxoro» Islomjon Baratov transferini e'lon qildi
Foto: PFC Bukhara

«Buxoro» klubi Islomjon Baratov transferini e'lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

«Mavsumning ikkinchi qismi boshlanishi oldidan jamoamiz navbatdagi transferni amalga oshirdi. Birinchi davrada «Lokomotiv» safida to'p tepgan himoyachi Islomjon Baratov «Buxoro» jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Baratov 2000 yilda tug'ilgan. Faoliyati davomida «Yangier», «Sho'rton», «Mash'al» hamda «Lokomotiv» kabi klublar safida to'p tepgan.

Islomjon o'ng qanot himoya va yarim himoya chizig'ida ham birdek harakatlana oladi. U klublar miqyosida 100 ta uchrashuv o'tkazib, 9 ta gol va 7 assistni amalga oshirgan.

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi Islomjon Baratovning iqtidor va mahorati yangi marralarni zabt etishda, hal qiluvchi pallalarda ishonchli o'yin ko'rsatib, jamoaning g'alabalari va yutuqlarini mustahkamlashda muhim rol o'ynashiga ishonch bildirmoqda», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Azizxon Isaqov «Buxoro» futbolchisi sifatida tanishtirilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Buxoro Buxoro
Bugungi yangiliklar