Live
1
O'zbek

Azizxon Isaqov – "Buxoro" futbolchisi

Futbol
7 iyul, 15:47
U mavsumning birinchi qismini "Qo'qon-1912" jamoasida o'tkazgan.
Azizxon Isaqov – "Buxoro" futbolchisi
Фото: Бухоро ПФК

"Buxoro" klubi ikkinchi davra oldidan tarkibni kuchaytirish va sog'lom raqobatni shakllantirish maqsadida jamoamiz ilk transferni amalga oshirdi.

Mavsumning birinchi qismini "Qo'qon-1912" jamoasida o'tkazgan darvozabon Azizxon Isaqov endilikda buxoroliklar sharafini himoya qiladi.

Isaqov 2000 yilda tug'ilgan va "Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida "Paxtakor", "Surxon", "Qo'qon-1912" kabi klublar darvozasini qo'riqlagan. Klublar miqyosida jami 72 uchrashuv o'tkazib, 25 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Buxoro Buxoro
Bugungi yangiliklar