"Real Sosiedad" klubi bosh murabbiy Pellegrino Mataratso bilan tuzilgan shartnoma muddati uzaytirilganini rasmiy e'lon qildi.
San-Sebastyan klubi 48 yoshli mutaxassis bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi. Yangi kelishuv 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Ma'lumot uchun, Mataratso 2025 yil dekabr oyi oxirida jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olgan paytda "Real Sosiedad" La Ligada 16-o'rinda borayotgan edi. Uning rahbarligi ostida jamoa turnir jadvalidagi vaziyatini yaxshiladi va Ispaniya Kubogida g'alaba qozondi. Natijada "Real Sosiedad" o'tgan mavsum La Ligada 10-o'rinni egalladi.