"Atletiko" "Sporting" bilan 27 yoshli tayanch yarim himoyachisi Morten Yulmann transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Daniyalik futbolchi bugun Madridga yo'l oladi. Ispaniya klubi Portugaliya klubi sobiq sardori uchun 40 million yevro va qo'shimcha bonuslar to'laydi.
Shuningdek, Yulmann "Atletiko" bilan 2031 yil iyun oyigacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Qayd etish lozim, o'tgan mavsum futbolchi Portugaliya chempionatida 27 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urgani va 4 ta assist amalga oshirgandi.
Avvalroq Koke "Atletiko" bilan shartnomasini uzaytirgani ma'lum qilingandi.