Live
1
O'zbek

«Brayton» «Tottenhem»dan Vushkovichni sotib olganini rasman e’lon qildi

Futbol
14 iyul, 07:16
Avvalroq londonliklar bu transferdan 53,8 mln yevro ishlab olishi ma’lum qilingandi.
«Brayton» «Tottenhem»dan Vushkovichni sotib olganini rasman e’lon qildi
Foto: Brayton FC

«Brayton» FK matbuot xizmati Xorvatiya milliy jamoasi himoyachisi Luka Vushkovich transferini rasman e’lon qildi. Bungacha futbolchi Londonning «Tottenhem» klubi sharafini himoya qilib kelgandi. Yangi jamoasi bilan himoyachi yana 1-yilga uzaytirish imkoniyati bilan 5-yillik shartnoma imzoladi.

Qo‘shimcha bonus to‘lovlari hisobiga transferning umumiy miqdori 50 million funt sterlingdan (58.5 million yevro) oshishi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, 2025/2026-yilgi mavsumda Luka Vushkovich klub safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 60 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Brayton Brayton
  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar