Bugun
13
O'zbek

«Tottenhem» 100 million yevrolik transferni yakunlashga ishonmoqda

Futbol
12 iyul, 12:15
«Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupi London klubiga o'tishga tayyor.
«Tottenhem» 100 million yevrolik transferni yakunlashga ishonmoqda
Foto: Getty Images

«Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupi faoliyatini «Tottenhem»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko'ra, «PSJ»ning «Barselona» hujumchisi Ferran Torresga e'tibor qaratgani «Tottenhem»ning Krupi transferini amalga oshirish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirgan. Futbolchining o'zi ham London klubiga o'tishga tayyor.

Qayd etilishicha, «shporlar» yaqin kunlarda 20 yoshli fransiyalik hujumchi uchun «Bornmut»ga qariyb 100 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Krupi barcha musobaqalarda 35 ta bahsda maydonga tushib, 13 ta gol urgan.

Avvalroq futbolchi mavsum yakunida «Tottenhem» bosh murabbiyi etib tayinlangan Roberto De Dzerbi qo'l ostida ishlashni istayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Bornmut Bornmut
Bugungi yangiliklar