Madridning «Real» klubiga erkin agent sifatida qo'shilgan Ibraima Konate transferi haqida fikr bildirdi.
«Real» — futbol tarixidagi eng buyuk klub. Bu ajoyib jamoa va men doimo shu yerda o'ynashni orzu qilganman. Ammo «Real» libosini kiyib maydonga tushmagunimcha, bu rostdan ham sodir bo'lganiga ishonishim qiyin», — dedi Konate.
Eslatib o'tamiz, fransiyalik markaziy himoyachi joriy yozda «Liverpul» bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortib, Madrid klubiga erkin agent maqomida ko'chib o'tdi.
La Liga yangi mavsumi avgust oyi o'rtalarida start oladi. «Real» ilk turda o'z maydonida o'tgan mavsum Ispaniya Kubogi sohibiga aylangan «Real Sosyedad»ni qabul qiladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi