Madridning «Real» klubi yangi mavsum oldidan darvozabonlar murabbiyi lavozimida o'zgarish qiladi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, ushbu lavozimni egallab kelgan Luis Lyopis o'z vazifasini tark etadi. Uning o'rniga avvalroq Joze Mourinyu bilan bir necha klubda ishlagan Nunu Santush tayinlanadi.
Qayd etilishicha, Lyopis klubni tark etmaydi. U «Real» tizimida boshqa lavozimda faoliyatini davom ettiradi. Uning yangi vazifasi yaqin vaqt ichida ma'lum qilinadi.
Nunu Santush avval ham Mourinyu murabbiylar shtabida ishlab, darvozabonlar tayyorgarligi uchun mas'ul bo'lgan. Portugaliyalik mutaxassisning «Real» bosh murabbiyi etib tayinlanishi ortidan Santush ham Madrid klubiga qaytmoqda.
Ma'lumot uchun, Luis Lyopis «Real» asosiy jamoasida ilk bor 2015–2018 yillarda ishlagan. Shundan so'ng u «Real Sosyedad»ga o'tib, 2021 yilgacha darvozabonlar murabbiyi bo'lgan. 2021 yilda esa yana Madrid klubiga qaytgan va shu vaqt davomida jamoa bilan bir necha bor UEFA Chempionlar ligasi hamda Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan.