Bugun
13
O'zbek

"Real" futbolchilari mundiallardagi urilgan gollar soni bo'yicha rekord qayd etdi

Futbol
11 iyul, 22:30
"Qirollik klubi" futbolchilari bu mundialda jami 19 ta gol urdi.
"Real" futbolchilari mundiallardagi urilgan gollar soni bo'yicha rekord qayd etdi
Foto: Getty Images
11.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Norvegiya Norvegiya 1 : 2 Angliya Angliya

"Real" futbolchilari mundiallardagi urilgan gollar soni bo'yicha rekord qayd etdi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Yarimhimoyachi Jud Bellinghem 2026 yildagi jahon chempionatida Angliya — Norvegiya uchrashuvida dubl qayd etdi. Angliyaliklar 120 daqiqa yakuniga ko'ra 2:1 hisobida g'alaba qozonib, yarimfinalga yo'l oldi.

Shu tariqa, "Real" futbolchilari bu mundialda jami 19 ta gol urdi. Ushbu natija jahon chempionatlari tarixidagi yangi rekord hisoblanadi.

Avvalgi rekordni 3 ta klub "Gonved", "Bavariya" va "PSJ" bo'lishib turgandi. Ushbu jamoalar futbolchilari mos ravishda 1954, 2014 va 2022 yildagi jahon chempionatlarida 18 tadan gol urgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
  • Angliya Angliya
  • Real Madrid Real Madrid
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar