«Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso klub haqidagi ilk taassurotlari va mavsumoldi tayyorgarligi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bu klubning darajasi juda yuqori. Infratuzilma a'lo darajada, ammo bu yerga qalbni ham qo'shish kerak. Ishga mazmun berish, sifatli mehnat va ijobiy energiya olib kirish lozim. Biz uchun har bir inson zavq bilan ishlaydigan muhit yaratishni xohlayman va buning uchun klubda barcha sharoitlar mavjud.
Avvalo insonlar bilan munosabatlarni yo'lga qo'yishni boshlayman. Chunki hammamiz o'zaro ishonch va munosabatlarga bog'liq. Inson o'zini yaxshi his qilsa, odatda yaxshi ishlaydi.
Futbolchilarning qanday sifatlarga ega ekanini yaxshi bilaman. Endi esa biz yagona maqsad va umumiy g'oya atrofida birlashishimiz kerak. Men aynan shu muhitni yaratishni istayman. Ular har bir musobaqada yuqori saviyada raqobatlasha olishimizga ishonishi va shu g'oyadan ruhlanishi muhim», — dedi Alonso «Chelsi» matbuot xizmatiga.