Jahon chempionati chorakfinalidan o'rin olgan Norvegiya va Angiya bellashuvi yakuniga yetdi.
Asosim vaqtlarda 1:1 hisobi qayd etildi. Dastlab 36-daqiqada Shelderup ajoyib goli bilan Pikfordni ojiz qoldirdi. Oradan biroz vaqt o'tib, Bellingham muvozanatni tikladi. Qo'shimcha bo'limlarning dastlabkida Jud yana ingliz safida gol urishga muvaffaq bo'ldi. Natijada Tomas Tuxel jamoasi 2:1 hisobidagi g'alabaga erishib, yarimfinalning uchinchi ishtirokchisiga aylandi.
Shu tariqa, inglizlar yarimfinalda Argentina — Shveytsariya bellashuvi g'olibi bilan to'qnash keladi.
JCH-2026. Chorakfinal
Norvegiya – Angliya 1:2
Gollar: Shelderup 36 - Bellingham 45+2, 93
Norvegiya – Nyulan, Ryuerson (Aursnes, 60), Aer, Heggem (Ostigard, 91), Volfe (Pedersen, 90), Edegor, Sander Berg, Berg, Sorloth (Bobb, 68), Holand (Larsen, 106) Shelderup (Nusa, 68).
Angliya – Pikford, Stounz, Konsa (Rojers, 89), O'Rayli (Spens, 86), Gehi, Anderson, Bellingham, Rays (Eze, 46), Madueke (Saka, 46), Gordon (Jeyms, 71), Keyn.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi