2026 yildagi jahon chempionati 1/4 final bosqichi doirasida Norvegiya va Angliya milliy jamoalari to'qnash keldi.
AQShning Mayami shahrida bo'lib o'tgan bahsda angliyaliklar 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi esa Jud Bellinghem bo'ldi. Yarimhimoyachi ushbu o'yinda 2 ta gol urdi va jamoasining yarimfinalga chiqishida asosiy rol o'ynadi.
Ma'lumot o'rnida, yarimfinalda Angliya milliy jamoasi Argentina — Shveytsariya o'yini g'olibiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 15 iyuldan 16 iyulga o'tar kechasi AQShning Atlanta shahrida joylashgan «Mercedes-Benz Stadium» o'yingohida bo'lib o'tadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi