"Chelsi" hujumchisi Jessi Derri 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar Portugaliyaning "Sporting" klubiga ijara asosida o‘tdi.
Avvalroq "Chelsi" 19 yoshli futbolchi bilan 2032 yilning yoziga qadar bitim imzolagandi.
Derri o‘tgan mavsum akademiyadan asosiy jamoaga ko‘tarilib, "ko‘klar" safidagi debyutini Angliya kubogida "Hall Siti"ga qarshi uchrashuvda o‘tkazdi. Keyinchalik u 18 yoshidayoq "Nottinghem Forest"ga qarshi bahsda Premer-ligadagi ilk asosiy tarkib o‘yinini ham o‘tkazdi.
Endi yosh hujumchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Lissabon klubiga ijaraga berildi.